Maxfiylik siyosati
⚠️ Loyiha matni — yuridik tekshiruvdan oʻtmoqda.
1. Kim uchun va kim javobgar
Siyosat ZetLink foydalanuvchilariga (sahifa egalari va ularning jamoasi) hamda ZetLink’dagi sahifalarga tashrif buyuruvchilar va xaridorlarga tegishli. Hisob maʼlumotlari uchun ZetLink operator hisoblanadi. Sahifadagi forma, buyurtma va bron orqali yuborilgan maʼlumotlarning egasi — shu sahifa egasi; ZetLink ularni uning topshirigʻi bilan qayta ishlaydi.
2. Qanday maʼlumot yigʻamiz
Sahifa egalaridan: ism, elektron pochta yoki Telegram ID, kiritilgan boʻlsa telefon, sahifa kontenti va fayllar, toʻlovlar tarixi (karta raqamisiz), kirish seanslari uchun qurilma turi va IP manzil. Tashrif buyuruvchilardan: cookie-siz statistika — IP manzil saqlanmaydi, har kuni almashadigan anonim xesh, mamlakat, qurilma va manba ishlatiladi. Xaridorlardan: formada yoki buyurtmada koʻrsatgan ism, telefon, manzil va izoh; buyurtma Telegram ichida berilsa — holat haqida xabar yuborish uchun Telegram ID. Biometrik maʼlumotlar yigʻilmaydi.
3. Cookie va reklama piksellari
ZetLink statistikasi cookie ishlatmaydi. Sahifa egasi reklama piksellarini (Meta, Google, Yandex, TikTok, VK) ulagan boʻlsa, ular faqat tashrif buyuruvchi rozilik bergandan keyin yuklanadi; tanlov shu brauzerda eslab qolinadi.
4. Nima uchun
Xizmatni koʻrsatish; ariza, buyurtma va bronlarni sahifa egasiga yetkazish; xaridorga buyurtma va bron holati haqida xabar berish; toʻlovlarni qabul qilish; firibgarlik va qoidabuzarliklarga qarshi kurash; qonun talablarini bajarish.
5. Kim bilan ulashamiz
Faqat xizmat uchun zarur provayderlar bilan: hosting va fayl ombori, toʻlov tizimlari (Payme, Click, Paddle, Telegram), Telegram, SMS va elektron pochta yetkazish, matn yozishda yordam beruvchi AI (faqat sahifa egasi AI funksiyasini ishlatganda, uning matni). Sahifa egasi Google Sheets, CRM yoki webhook ulasa, uning sahifasidagi arizalar va buyurtmalar oʻsha tizimga yuboriladi. Maʼlumotlar sotilmaydi va ZetLink reklamasi uchun ishlatilmaydi. Davlat organlariga faqat qonunda belgilangan hollarda beriladi.
6. Qancha saqlaymiz
Hisob maʼlumotlari — hisob oʻchirilgunga qadar. Ariza va buyurtmalar — sahifa egasi oʻchirgunga yoki hisobini oʻchirgunga qadar. Statistika — 25 oy. Kirish kodlari — bir necha daqiqa. Hisob oʻchirilganda sahifalar, mahsulotlar, buyurtmalar, bronlar, arizalar va fayllar oʻchiriladi, shaxs anonimlashtiriladi; toʻlov yozuvlari va moderatsiya qarorlari qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
7. Sizning huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish, eksport qilish va oʻchirishni, rozilikni qaytarib olishni talab qilishingiz mumkin. Sahifa egalari buni sozlamalarda oʻzi bajaradi (Eksport, Hisobni oʻchirish). Xaridor va tashrif buyuruvchilar sahifa egasiga yoki privacy@zetlink.cc manziliga murojaat qiladi — soʻrovni sahifa egasiga yetkazamiz. Soʻrovlarga 10 kun ichida javob beramiz.
8. Xavfsizlik
Shifrlangan ulanish, server tomonidagi seanslar. Toʻlov tizimi kalitlari va bot tokenlari shifrlangan holda saqlanadi. Karta maʼlumotlari ZetLink’da saqlanmaydi. “Xaridlarim” sahifasi telefonga yuborilgan SMS kod bilan ochiladi. Maʼlumotlar sizib chiqsa, qonunda belgilangan muddatlarda xabar beramiz.