Foydalanish shartlari va qoidalar

⚠️ Loyiha matni — yuridik tekshiruvdan oʻtmoqda.

Taqiqlangan

Firibgarlik va fishing, boshqa shaxs yoki brend nomidan chiqish, qonun bilan taqiqlangan tovarlar, qimor reklamasi, zoʻravonlik va ekstremizm, kattalar uchun kontent, spam.

Moderatsiya

Ogohlantirish → blokni yashirish → sahifani toʻxtatish. Fishing va qonun talab qilgan holatlarda — darhol. Har doim sabab va eʼtiroz bildirish yoʻli koʻrsatiladi; eʼtirozlarga 48 soat ichida javob beriladi. Toʻxtatilgan sahifa egasi maʼlumotlarini eksport qila oladi.

Havolalar

Brend va davlat organlari nomlari zaxiralangan va tasdiqlangan egasiga beriladi. Havola kamida 4 belgidan iborat; haqoratli soʻzlar va tizim nomlari qabul qilinmaydi. Havolani yiliga 3 martagacha oʻzgartirish mumkin; eski havola 90 kun davomida yangisiga yoʻnaltiriladi.